Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko’rishning garovi sog’lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat.
Zero, har birimiz, eng avvalo, o’z sog’lig’imizni o’ylashimiz darkor.
Ana shunda xotirjam va farovon hayot kechirgan, ko’plab asoratli xastaliklarning oldini olgan bo’lamiz.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari Jarqo’rg’on tumanida bo’lib, aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. Shu kun davomida 177 nafar bemorlar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Bundan tashqari TTATF professor-o’qituvchilari aholi o’rtasida «Sog’lom turmush tarzi» mavzusida suhbat olib borishdi.
Suhbat davomida sog’lik har bir inson qo’lida ekanligi to’g’risida tushuncha berishdi.






