Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Yaponiya mamlakatining Takarazuka tibbiyot va sog‘liqni saqlash universiteti, xalqaro almashinuv markazi direktori Junichi Nakamura tashrif buyurdi.
Nufuzli mehmonni filial xalqaro bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosarlari, dekan hamda dekan o‘rinbosarlari kutib olishdi.
Suhbat jarayonida yetuk kadrlarni o‘z sohasi bo‘yicha Yaponiyada ishga joylashtirish, filialda til kursini tashkil etish masalalari borasida fikr almashishdi.
Shuningdek, TTATermiz filiali hamda Takarazuka tibbiyot va sog‘liqni saqlash universiteti bilan birgalikda 2+2 qo‘shma taʼlim dasturini yo‘lga qo‘yishni, magistratura yo‘nalishlariga filial bitiruvchi talabalarini ushbu universitetga jalb qilish haqida ham suhbatlashishdi.
Suhbat so‘nggida ilmiy ishlar va xalqaro loyihalarda birgalikda hamkorlik qilish borasida ham kelishuvga erishildi.