TTATF tibbiyot fanlari doktori hamda talabasi Italiyaning Talyakotsa shahrida
Shu kunlarda Italiya davlatining Talyakotso shahrida «Farmako-rezistent epilepsiyalar» mavzusida Xalqaro kurs bo’lib o’tdi.
Unda dunyoning turli davlatlaridan, xususan Italiya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Isroil, Germaniya, Daniya, Braziliya, Niderlandiya, Turkiya, Marokko, Makedoniya, Argentina, Gruziya, Vengriya, Misr, Rossiya, Xitoy, Sloveniya davlatlaridan yetakchi nevrolog, epileptologlar, yosh mutaxassislar, rezidentlar hamda O’zbekistondan TTA Termiz filiali direktor o‘rinbosari t.f.d. dotsent X.A. Rasulova va filialning iqtidorli talabasi S. Kurbonovalar o’z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.