You are currently viewing Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

    Xabaringiz bor,Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan Surxondaryo viloyatida Simulyatsion markaz qurilishi loyihasi doirasida 13,5 mln. Yevro grant mablag‘lari hisobidan ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu markazga kadrlar tayyorlash borasida (GIZ) tashkilotidan TTATF bilan hamkorlik qilish taklifi bildirilgan.

   Bugun Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati va O‘zbekiston Respublikasi SSV, viloyat SSB xodimlari, TTA Termiz filiali direktori va muovini, Surxondaryo viloyati Ibn Sino nomidagi JSTdirektorlari bilan birgalikda «Tibbiy ta’lim va malaka oshirish dasturlarini modernizatsiya qilish» xalqaro dasturi bo‘yicha ikkinchi kengash bo‘lib o‘tdi.

   Ushbu kengashda, qurilishi mo‘ljallanayotgan Simulyatsion markazga jalb etiladigan chet el mutaxassislari, o‘qitish dasturlari borasida kelishuvga erishildi.

    Bu borada Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti(GIZ)dan Cornelia Besker hamda TTA Termiz filiali direktori o‘rtasida shartnoma imzolandi.