Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni markazi — Urumchi shahrida «Xitoy – Markaziy Osiyo» an’anaviy tibbiyot forumida ishtirok etishmoqda.
Tadbir doirasida an’anaviy va zamonaviy tibbiyotning integratsiyasi, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish masalalari bo‘yicha muloqotlar olib borilmoqda.
Bunday xalqaro tashabbuslar mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga, tibbiyot ta’limining sifatini oshirishga hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.