Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni markazi — Urumchi shahrida «Xitoy – Markaziy Osiyo» an’anaviy tibbiyot forumida faol ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy yo‘nalishlari:
An’anaviy va zamonaviy tibbiyotning samarali uyg‘unlashuvi
Ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlikni kengaytirish
Tibbiyot ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha innovatsion metodlarni joriy etish
Malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini doimiy oshirish
Bunday xalqaro darajadagi tashabbuslar nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining rivojiga xizmat qiladi, balki tibbiyot ta’limining sifatini yanada oshirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi o‘zaro tajriba almashish va yangi istiqbollarni belgilash uchun ushbu forumdan foydalanmoqda.