You are currently viewing Xalqaro hamkorlikdagi simulyatsion ta’lim treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Xalqaro hamkorlikdagi simulyatsion ta’lim treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.

TDTU Termiz filialida Germaniyaning BMZ buyurtmasi asosida GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistondagi afg‘onlarni jalb etgan holda Termiz shahrida tibbiy ta’lim va malaka oshirish dasturlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Simulyatsion ta’limda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida 144 soatlik seminar trening tashkil etildi.

Treningni Finlyandiya va Germaniyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar — Yoxanna Xeykkala, Mixaela Mishel-Shuldt, Karen Frid hamda Mayke Kolfenaxlar olib borishdi.

Trening yakunida, TDTU Termiz filiali direktori va ishtirokchilar oʻrtasida davra suhbati o‘tkazilib, simulyatsion ta’limni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga filial direktori F. Otamuradov tomonidan sertifikatlar topshirildi.