Oddiy kishilar bilan yuzma-yuz turib ularning turmushini yengillashtirish, ko‘mak ko‘rsatish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning dardu tashvishlariga yelkadosh bo‘lib, muammolariga yechim qidirish – oliy himmat, albatta!
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi, volontyor talabalar va Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo’lim boshlig’i Bobur Mirsaidov bilan birgalikda “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yashash sharoiti og’ir, bo’lgan keksalarni yo’qlab borishdi.
Ular bilan suhbat qilinib uy yumushlariga ko’mak berib, hashar tashkil qilindi
Shuni alohida aytish joizki, filialga 9 ta mahallalar biriktirilgan bo‘lib, yordamchi talaba- yoshlar, bu mahallalarga borib, sharoiti og‘ir fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatishni rejalashtirishgan.