Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar ishtirokida profilaktik davra suhbati olib borildi. Tadbirda filial direktori F.Otamuradov, Termiz shahar IIB M va FRB xodimlari hamda filial profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 593-qarori talablaridan kelib chiqqan holda ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi va talablari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, kelgusida xorijlik talabalarga O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidasiga qat’iy amal qilishlari hamda qaror talablarini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 225-moddalariga asosan jarimaga tortilishi bo‘yicha qat`iy ogohlantirildi.
Profilaktik tadbir yakunida soha xodimlari chet el talabalarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berishdi.