Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali shifokorlari tomonidan ma’muriyat va xo‘jalik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
Tibbiy ko‘rikda ko‘z shifokori, endokrinolog, xirurg, nevropatolog, lor, stomatolog va terapevtlar ko‘riklari, UZI tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikdan tashqari soha xodimlari sog‘lom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish, jismoniy faollik to‘g‘risida suhbat o‘tkazishdi.
Bundan tashqari ko‘rikka kelgan xodimlarga na’matak, moychechak, limon choy, fitodorivor o‘simliklar sharbatlari taqdim etildi.