Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar faol ishtirokida “Xon atlas” oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida milliy liboslarimiz – xon atlas, adras, shoyi va boshqa betakror milliy kiyimlar namoyish etilib, ularga oid qiziqarli tarixiy ma’lumotlar talabalarga taqdim etilmoqda.
Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi – yoshlarimizda milliy liboslarimizga mehr uyg‘otish, an’analarimizni asrab-avaylashga chaqirish hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdir.