Qishki ta’tilni talabalar turar joyida o‘tkazayotgan Hindiston mamlakatining turli viloyatlaridan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi hamda dekan o‘rinbosarlari talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashishdi.
Suhbat davomida xorijlik talabalar TTJ da o‘zlari uchun barcha sharoit va qulayliklar mavjudligini aytib o‘tishdi.
Bundan tashqari Hindistonlik talabalar qiziqishlari, o‘z yurtining milliy bayramlari kelajakdagi maqsadlari bilan ham o‘rtoqlashishdi.