Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentyabrdagi 06/1-525-sonli topshirigʻi asosida «Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish» vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida
TTA Termiz filiali psixologi G.G’oziyeva va Xotin-qizlar kengashi tomonidan filial talaba-qizlariga «Erta turmush va yaqin qarindosh-urugʻlar oʻrtasida tuzilgan nikohlarni salbiy oqibatlari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Unda 2-son davolash fakulteti talaba-qizlari, tyutorlar va Xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchilari ishtirok etishdi, shuningdek, “Patologik anatomiya,sud tibbiyoti,tibbiyot huquqi” kafedrasi assistenti N.Ashurova tomonidan erta turmush va yaqin qarindosh-urugʻlar oʻrtasida tuzilgan nikohlarning tibbiyot tomonlama salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berildi.