Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda , qonunchilikda ham oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
TTA Termiz filialida ham “Xotin-qizlarni tazyiq va zuravonlikdan himoya qilish to‘grisidagi qonunchilik» haqida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Termiz shahar oila va xotin-qizlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari G.E.Rahmonova Termiz shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektor I.A.Babajonova, Termiz shahar Kengashi deputati A.J.Mustafoqulov, Adolat SDP viloyat kengashi raisi o’rinbosari I.H.Qurbonov filial xotin-qizlar kengashi hamda talabalar ishtirok etishdi.