You are currently viewing «Yong‘indan ogohlik» umummilliy oyligi doirasida tadbir!

«Yong‘indan ogohlik» umummilliy oyligi doirasida tadbir!

Favqulodda holatlar

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha davom etadigan «Yong‘indan ogohlik» oyligi munosabati bilan yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Termiz shahar favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’ining o’rinbosari kapitan Rustamov X.A, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Talabalar yong‘in xavfi yuzaga kelganda qanday harakat qilish, o‘t o‘chirgichlardan foydalanish, evakuatsiya qoidalari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirning maqsadi — yong‘inlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va ogohlikni kuchaytirish.

Ehtiyot bo‘ling, yong‘inga qarshi kurashda har bir soniya muhim!