Bakalavriat talabalari uchun yo‘riqnoma

                                                                                 1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Mazkur kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori hamda boshqa qonun va qonunosti xujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali (keyini o‘rinlarda TTA Termiz filiali) professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlari (texnik,yordamchi), talaba-magistrantlari, doktorantlari (keyingi o‘rinlarda – xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2- modda. Maqsad va vazifalar
Odob-axloq kodeksining maqsadlari:
   Xodim, talaba va doktorantlar madaniyatini milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish;
Ta’lim muassasalariga oid odob-axloqning tushunchasini shakllantirish va takomillashtirib borish;
Xodim, talaba va doktorantlarni TTA Termiz filiali va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
TTA Termiz filialida kiyinish, tashqi ko‘rinish va xulq-atvorga bo‘lgan talablarni o‘rnatishdan iboratdir.
Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat:
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlani amalga oshirish;
TTA Termiz filialida zo‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlik kabi nomaqbul hatti-harakatlar bilan shug‘ullanish va (yoki) targibot-tashviqot qilinishini oldini olish;
Turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va «ommaviy madaniyat»ning ta’sir hamda xurujlarni targ‘ibot-tashviqot qilinishiga oid harakatlarni oldini olish;
Mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shartsharoitlarini aniqlash, bartaraf etish;
Xodim, talaba va doktorantlarda yuksak huquqiy ongni shakllantirish orqali O‘zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash;
Xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko’nikmasini shakllantirish va yuksaltirish;
Xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy 3 fazilatlarni shakllantirish va ulami milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
TTA Termiz filialida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish;      Xodim, talaba va doktorantlarda tashqi ko‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
TTA Termiz filialining davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obro‘-e’tiborini asrab-avaylash vayanada oshirish.
3- modda. Kodeksning amal qilish doirasi
Ushbu Kodeks TTA Termiz filialining barcha xodim, talaba va doktorantlariga nisbatan tatbiq etiladi.
                                                                         2-bob. Kodeksning prinsiplari
4- modda. TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari xulqatvorining asosiy prinsiplari
Mazkur Kodeks qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va o‘qish burchiga sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, samaradorlik va tejamkorlik prinsiplariga asoslanadi
5- modda. Qonuniylik prinsipi
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so‘zsiz rioya qiladilar hamda o‘z xizmat va o‘qish majburiyatlarini lavozim yo‘riqnomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Kodeks qoidalari, TTA Termiz filiali Ichki tartib qoidalari hamda ta’limga oid boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq bajaradilar.
6- modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi prinsipi
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari TTA Termiz filialining oliy qadriyati bo‘lib hisoblanadi. TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar va bunday buzilishiar ro‘y bergan hollarda ulami tiklashga ko’maklashadilar.
7- modda. Vatanparvarlik, xizmat va o‘qisli burchiga sodiqlik prinsipi
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va xizmat faoliyatlarini ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va o‘qish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning TTA Termiz filialiga bofigan talabi va ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar o‘z o‘qish va xizmat burchlarini o‘zaro xayrixohlik, o‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qat’iy nazar lozim darajada bajaradilar.
8- modda. Adolat, halollik va xolislik prinsipi
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari o‘z xizmat va o‘qish faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis boTishlari hamda TTA Termiz filialiga, unga tegishli boTgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat 4 qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda bo‘lishlari shart.
9- modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari o‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar. TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari, o‘z navbatida filialning mulkiga, o‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Qoidalari, TTA Termiz filiali Ichki tartib qoidalari hamda ta’limga oid boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq bajaradilar.
                                                                3- bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish
10- modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bo‘lishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni ko‘radilar. Xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol komaklashishlari, shuningdek, TTA Termiz filiali korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashishga oid hujjatlar talablarini so‘zsiz bajarishlari, o‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishlari shart.
                         4-bob. Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar
11- modda. TTA Termiz filialida kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim. TTA Termiz filiali xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlar tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy ta’lim muassasasiga kelishlari mumkin emas. Talaba-qizlar TTA Termiz filialiga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka, klassik turdagi shimlar yoki kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart. TTA Termiz filiali xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki kostyum, va to‘q rangdagi poyabzalda, soqoli talab darajasida olingan va soch tartibga solingan holda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart. Xodim, talaba va doktorantlarga professionallikka va tanlagan kasbiga xos tarzda kiyinish targ‘ib qilinadi. Xodim, talaba va doktorantlaming auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka hamda bosh kiyim kabilar)da yurishlari taqiqlanadi. Xodimlar, talabalar va doktorantlaming tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim. Shuningdek, xodim, talaba va doktorantlaming TTA Termiz filialiga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda milliylikka zid submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (kipa, kashaya, xoch, hijob, yuzning asosiy qismini to‘sib qo‘yuvchi jag‘ostidan o‘ralgan ro‘mol va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dam olish kunlari (shanba va yakshanba) erkin ust-boshda (tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan, turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi kiyimda kelish bundan mustasno) kelishga ruxsat etiladi (rasmiy tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinganlar belgilangan kiyinish tartibiga amal qilgan holda keladi).
12- modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish
TTA Termiz filiali xodim talaba va doktorantlari turli tadbirlar (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, uchrashuvlar, bayramlarjdagi ishtiroki jarayonida so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bodishlari, tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikni saqlashlari shart bo‘lib, raislik qiluvchi va moderatorning ruxsatisiz luqma tashlash va so‘zga chiqish mumkin emas. Zarurat tug‘ilganda nutqlar o‘rtasida majlislar zalidan chiqib-kirish mumkin.
13- modda. Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish
Binolarga kirish va chiqish joylarida, shuningdek, yo‘laklarda talabalar xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim. Binoga kirayotgan TTA Termiz filiali muassasasi xodim, talaba va doktorantlari binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (ruxsatnoma, talabalik guvohnomasi, pasport va h.k.) ochiq holda ko‘rsatishlari yoki maxsus berilgan ID karta va feys-kontrol orqali turniketlardan o‘tishlari shart. Xodim, talaba va doktorantlar TTA Termiz filiali hududida yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari, shuningdek, yodak va xollarda mobil aloqa vositalari orqali baland ovozda gaplashmasliklari kerak. Bir-birlariga duch kelganda salomlashishlari, bunda: talabalar xodimlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi.
14- modda. Xodim, talaba va doktorantlarning rasmiy muloqot me’yorlari
TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlari tashkilot va muassasalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatga kirishganda quyidagi rasmiy muloqot me’yor va qoidalariga amal qilishlari kerak:
O‘z harakatlarini TTA Termiz filiali manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirish, uning imijini saqlash va oshirish, TTA Termiz filiali, uning xodimlari, talabalari va doktorantlari nomi va manfaatlariga ziyon yetkazadigan harakatlami amalga oshirmaslik, shuningdek, ular bilan muloqot qilganda hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi yozishmalarida o‘zlarining namunali xulq-atvori bilan TTA Termiz filiali haqida yuksak ijobiy taassurot uyg‘otish;
TTA Termiz filiali, uning xodim, talaba va doktorantlari haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki noto‘g‘ri talqin qilingan, noto‘g‘ri talqin qilish uchun imkon beradigan ma’lumotlarni tarqatmaslik, bunday ma’lumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, jamoat oldida va ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuda chiqishlar qilmaslik;
Xodim, talaba va doktorantlarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
Xodim, talaba va doktorantlar haqida ularning kasbiy va o‘quv faoliyatiga oid bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlashtirmaslik;
Xizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish;
So‘ralgan axborotni yetarlilik (haddan tashqari qisqa shu bilan birga o‘ta keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan) talablariga muvofiq holda taqdim etish;
Oz xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlardan maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda foydalanmaslik, shuningdek, ularni TTA Termiz filiali rahbariyati ruxsatisiz tarqatmaslik;
Xodim, talaba va doktorantlarning ta’lim jarayonidagi faoliyati va kasbiy harakatlarini asossiz tanqid qilmaslik, jamoat oldida chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va turli xil ijtimoiy tarmoqlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va TTA Termiz filiali faoliyati, uning xodimlari harakatlarini haqiqatga to‘gri kelmaydigan, asossiz va aniq dalillarga asoslanmagan holda muhokama qilmaslik va ular haqida baho berib, fikr-mulohazalar bildirmaslik.
15- modda. Ish va o‘qish vaqtiga rioya qilish
Xodim, talaba va doktorantlar dars mashg’ulotlari va ishga o‘z vaqtida kelishlari, mehnat hamda o‘qish intizomiga rioya qilishlari shart.
16- modda. TTA Termiz filialida g‘ayri axloqiy va nojo‘ya xatti harakatlarni sodir etishga yo‘l qo‘yilmasligi
Talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa TTA Termiz filialida mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan quyidagi g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etishi qat’iyan taqiqlanadi:
Har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish, jumladan, tuhmat qilish, haqoratlash; giyohvand moddalar, psixotrop, sintetik vositalar va ularning analoglari, alkogol va tamaki mahsulotlari, vayp, chilim, elektron sigaretlar va sarxush qiluvchi boshqa vosita hamda moddalarni iste’mol qilish va tarqatish;
Tinchlik yoki osoyishtalikka qarshi tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash;
TTA Termiz filialiga moddiy va uning ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir etuvchi ma’naviy zarar yetkazish;
Xodim, talaba va doktorantlarga jismoniy, ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazish; xodim, talaba, doktorant yoki boshqa shaxslaming mulkiga, moddiy qimmatliklariga egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun turli ko‘rinishda egallab olish, basharti ushbu holat tegishli asoslar bilan o‘z tasdigini topsa;
TTA Termiz filiali atrof-muhitini har qanday ko‘rinishda ifloslantirish; 
TTA Termiz filiali binolari va hovlisida, shuningdek, filial binolariga tutashgan hududda spirtli ichimliklar ichish va tamaki yoxud boshqa turdagi mahsulotlarni chekish hamda mast holda b
o‘lish, tashqi ko‘rinishga va ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga zid ravishda soch-soqoli o‘sgan, to‘zg’igan, sochlarini noodatiy bir yoki bir necha ranglarga bo‘yalgan va kiyinish talablariga rioya qilmagan holda kelish;
TTA Termiz filialiga tegishli kompyuterlarda filialga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, behayo surat va filmlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, ekstremistik, separatistik va fundamentalistik kayfiyatdagi har qanday materiallami tayyorlash, ko‘rish, saqlash, tarqatish va ularga da’vat etish; o‘quv mashg‘ulotlari va ishga hamda xodim va talabalaming osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar sodir etish (radiouzatgich, televizor, multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish);
Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan soxta ma’lumot va hujjatlami taqdim etish;
Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan filial hujjatlariga qasddan o’zgartirish kiritish yoki ularni yo‘q qilish (bo‘yash, o‘chirish, qo‘shimcha yozuvlar kiritish yoki zarar yetkazish);
O‘quv jarayoniga oid qoida va talablar buzilishi bilan bog‘liq holatlar akademik halollikka oid ichki me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi; umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos bo’lmagan yoki oliy ta’lim muassasasi, uning xodimlari nufuziga putur yetkazadigan materiallami Internet tarmog‘i va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki ulardan turli nomuvofiq maqsadlarda foydalanish. Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan TTA Termiz filialining ishchanlik obro‘si, qadr-qimmati va nufuzini tushiradigan, ta’lim jarayonining ma’naviy buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlarning sha’ni va qadrqimmatini kamsitadigan, zo‘rlash va vahshiylik, vandalizm, millatlararo nizo qo‘zg‘atadigan, ta’qiqlangan diniy yo’nalishdagi, terrorizm, ekstremizm, va fundamentalizm, shuningdek, behayo va ishqiy sahnalami namoyon qiladigan fotosuratlar, video va audioyozuvlardan foydalanish va ulaming tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek TTA Termiz filiali faoliyati, uning xodimlari hamda talabalari sha’ni va qadr qimmati hamda ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir qiluvchi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va tekshirilgan dalillarga asoslanmagan turli xil ko’rinishdagi ma’lumot, fikr, mulohaza va munosabatlarni Internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa ommaviy axborot manbalarida, tarqatuvchilarda, tashuvchilarda paydo bo‘lishi (oshkor etilishi) mazkur talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa filial mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xaltiharakat hisoblanadi.

                     5-bob. TTA Termiz filiali rahbariyatining odob-axloqqa oid majburiyatlari va kasbiy 

                                faoliyatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka oid tartiblar

17- modda. Rahbarning majburiyatlari
Rahbariyat hamda tarkibiy bo‘linma rahbarlari (keyingi o‘rinlarda – rahbar) o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionallik, xolislik, soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, TTA Termiz filiali yoxud uning tarkibiy bo‘linmasida ijobiy, ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi lozim. Rahbar bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiquvchi topshiriqlami bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.
Rahbar o‘z faoliyatida:
Kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish va mehnat munosabatlarida kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi;
Guruhbozlik, mahalliychilik, favoritizmga, shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatmasligi;
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi;
Korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;
Xodimlaming kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanishlari, hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni ichki imkoniyatlardan kelib chiqib yaratib berishi;
Xodimlar faoliyatini samarali tashkil etib, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi shart. Rahbar qo‘l ostidagi xodimlaming mehnat intizomiga rioya qilishlarini talab qilishi va uni ta’minlashga mas’uldir.
                   6-bob. TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlariga oid talablar
18- modda. Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari
Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari milliy qadriyat va an’analar, yagona jamoaviy muhit, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga asoslanishi lozim. Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hunnatsizlik, shaxsiyatni kamsitish, o‘zganing intellektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish qat’iyan man etiladi. Pedagog xodimlar tomonidan talabalarga nisbatan o‘quv va tarbiya jarayonidagi yuqori talabchanlik ulaming shaxsini hurmat qilish bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.
19- modda. Pedagog xodim va talabalarning auditoriyadagi va undan tashqaridagi o‘zaro munosabatlari
Pedagog xodim auditoriyaga kirganida, barcha talabalar o‘rinlaridan turib hurmatlarini bildirgan holda kutib olishlari, so‘ngra pedagog xodim salomlashib, o‘tirishga ruxsat bergach, o‘z joylarini egallashlari kerak. Pedagog xodim darsini tugatib, auditoriyadan chiqib ketayotganda ham talabalar o‘rinlaridan turib. kuzatib qo‘yishlari lozim. Pedagog xodimlar o‘quv jarayoni va boshqa holatlarda ham talabalarning shaxsini hurmat qilishi, ular bilan munosabatda ochiqlik va xayrixohlik tamoyillariga amal qilish, talabalarga ta’lim berish jarayonida o‘z vazifalarini beg‘araz amalga oshirishi, talabaga munosabatda ularni kamsitish, qo‘pol so‘z ishlatish, o‘zini yuqori tutish va tanish-bilishchilik kabi yondashuv shakllarini mutlaqo qo‘llamaslik, ularga nisbatan doimo haqqoniy munosabatda va xolis bo‘lishlari shart. Pedagog xodimlar talabalarga ularni qiziqtirgan fan yoki o‘quv kursiga oid masalalar yuzasidan dars jarayonidan tashqari vaqtlarda bergan savollariga ham axloq me’yorlariga amal qilgan holda javob qaytarishlari va ularni fanga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshirish choralarini ko‘rishlari zarur.
20- modda. Akademik ta’qib va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi
TTA Termiz filiali hayotida rahbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni ulaming roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, haq to‘lamasdan ularning mehnat kuchidan foydalanish (oliy ta’lim muassasasi va unga biriktirilgan boshqa hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilgan hollar bundan mustasno) maqsadida ularga murojaat etilganida, talabalar tomonidan bundav so‘rovga rad javobining berilishi pedagog xodim tomonidan kelgusida ularga dars mashg‘ulotida past baho qo‘yish yoki boshqa turdagi tazyiq va ta’qib (academic harassment) qilish bilan bog‘liq munosabat ko‘rsatilishiga imkon bermaydi va bunday ta’qib qattiq qoralanadi.
21- modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish
Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun qat’iyan taqiqlanadi. Uyali aloqa vositalaridan foydalanishga zarur va uzrli holatlarda pedagog xodimning ruxsati bilangina ruxsat etilishi mumkin.
22- modda. Dars mashg‘ulotida ishtirok etish
Talabalarning darsga kech qolib kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin uzrli sababga kolra darsga kech qolgan talaba uzr so‘rab, pedagog xodimning ijozati bilan auditoriyaga kirib o‘z joyini egallashi mumkin. Pedagog xodim dars mashg‘ulotlariga o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan xalaqit berayotgan talabani yuzaga kelgan vaziyat haqida fakultet dekanini (u o‘z o‘rnida bo‘lmaganda dekan o’rinbosari yoki tyutor-guruh murabbiysini) xabardor qilgan holda darsdan chetlatishi mumkin.
23- modda. Dars maslig‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish
Talaba uchun pedagog xodim bilan dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, u holda muloqot: maslahat soatlari, mustaqil ish yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda amalga oshirilishi mumkin;
talaba 
o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan pedagog xodimning lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini bilishi maqsadga muvofiq. Asoslangan jiddiy sabablar (qo‘pollik, tamagirlik, dars sifatining pastligi, pedagog xodimning aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar va b.) hamda guruh (kurs)ning yakdil fikri mavjud bo‘lgan holatlarda talabalar pedagog xodimni almashtirish haqida iltimos bilan fakultet dekaniga murojaat qilishlari mumkin.
24- modda. Subordinatsiya
Rahbar xodimlarga xodim, talaba va doktorantlar tomonidan biron-bir masala yuzasidan vujudga kelgan holatlar bo‘yicha murojaat qilinishi muayyan tartib (subordinatsiya tamoyili), ya’ni munosabat bildirishdagi rahbariyat bo‘g‘inlariga bosqichma-bosqich chiqish asosida tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga talabalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish holatlari bundan mustasno.
25- modda. Tashabbus va faollik
Xodim, talaba va doktorantlaming oliy ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, innovatsion g’oyalardan samarali foydalanish, turli xil manfaatli tadbirlar uyushtirish bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.
                                     7-bob. Xodim, talaba va doktorantlaming odob-axloqqa oid majburiyatlari
26- modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar
TTA Termiz filialiga o‘qishga, ishga kirayotgan shaxslar mazkur Kodeks bilan yozma ravishda (imzo chektirib) tanishtiriladilar. Xodim, talaba va doktorantlar:
Qonun hujjatlari va mazkur Kodeks talablariga rioya etishga, doimo yuksaklikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglashga;   
Odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni hurmat qil ishga;
Oz ustilarida doimiy ravishda ishlash va qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini muntazam ravishda o‘rganib borishga; o‘z vazifalarini vijdonan, professional darajada amalga oshirishga;
Oliy ta’lim muassasasi obro‘-e’tibori va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishga;
Oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va ishchanlik obro’siga ziyon yetkazish maqsadida foydalanmaslikka;
Filial mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish (ko‘char va ko‘chmas mulk, o‘simlik va hayvonot dunyosiga va b.), shu jumladan, xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan moddiy texnika vositalaridan to‘gri va tejamkorona foydalanishga;
Elektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatishga; biron-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, u haqda zudlik bilan Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga xabar berishga;
Belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z vazifalarini og‘ishmay bajarishga, xodim, talaba va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilmaslikka, hech bir shaxs haqida jinsi, irqi, millati, till, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va lavozimi haqida hamda boshqa xususiyatlaridan qatiy nazar noto‘g‘ri fikr yuritmaslikka va uni kamsitmaslikka;
Xodim, talaba va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar haqida turli ig‘vo, fitna, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirmaslikka va tarqatmaslikka;
TTA Termiz filiali ishchanlik obro’si yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka;
Xodim, talaba va doktorantning mehnat va o‘quv jarayonidagi sayharakatlariga qasddan ziyon yetkazmaslikka;
Xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar sodir etmaslikka, shilqimlik qilmaslikka, o‘zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanmaslikka;
Davlat organlari va mansabdor shaxslaming, shuningdek, filial rahbariyatining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
Shaxsiy foydasi hamda o‘zgalar manfaatini ko‘zlab o‘z mavqeini suiste’mol qilmaslikka;
Haqiqatni gapirishga, rahbarlar va boshqa xodimlarni chalgitmaslikka;
Mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini o‘rnatmaslikka;
Kasbiy faoliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ularning oshkor etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan axborotning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishga;
Sog’lom turmush tarzini yuritish va atrofdagilarning sog‘ligini saqlashga g‘amxo‘rlik qilish, estetik va ekologik madaniyatning oshishiga ko‘maklashishga;
Tanqidiy mulohazalami bildirishga va obyektiv qaror qabul qilishga, o‘z xato va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishga; moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan ataylab ko‘z-ko‘z qilmaslikka;
Axborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomala bo‘lishga, kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, u yerda uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish yoki ovozsiz rejimga qo‘yishga, baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslikka, oziq-ovqat iste’mol qilmaslik, qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslikka, kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilishga;
Sport majmuasiga sport kiyimi va poyabzalida kirishga;
Sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga  mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirishga;
Sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishga;
TTA Termiz filiali auditoriyalari, binolari va binolarga tutashgan hududda tozalikni saqlashga;
Hududni ifloslantirmaslik, chiqindilarni joylarda qo‘yilgan maxsus qutilarga tashlashga; shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirmaslik, yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik va mensimaslikka (beparvo bo‘lish), shuningdek, transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratmaslikka;
Ish (o‘qish)dan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yod qo‘ymaslikka majbur.
27- modda. Odob-axloqqa oid qo‘shimcha talablar
talabalar:

  • Nutq madaniyatini doimiy takomillashtirib borishga;
  • Talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimini faol qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ijodiy faoliyatni rivojlantirish va jamoaviy madaniyatni o‘stirishga;
  • Pedagog xodim bilan boshqa talabalarning bahosini muhokama qilmaslikka;
  • Yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir tartib-qoidani bajarish vaqtida chetdan yordam olmaslik, o‘zgalarga yordam ko‘rsatmaslikka;
  • Boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirmaslikka;
  • Mashg‘ulotlarni sababsiz odkazib yubormaslikka va darslarga sababsiz kechikib kelmaslikka; o’quv mashg‘ulotlari vaqtida oliy ta’lim muassasasi hududida behuda yurmaslikka;
  • Dars mashg‘ulotlari o‘tilayotgan vaqtda fakultet dekanlari, magistratura bodimi boshlig‘ining ruxsatisiz filial hududidan ketib qolmaslikka;
  • Oliy ta’lim muassasasi xodimlari va o‘qituvchilariga qo‘pollik qilmaslikka, ular bilan tortishmaslikka, agarda ular nohaq bo‘lsa tegishli shaxslarga xabar berishga, o‘qituvchilarning shaxsiy hayotiga oid noo‘rin savollar bilan murojaat qilmaslikka, ularga nisbatan adovat saqlamaslikka;
  •  Xodim, talaba yoki doktorant bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganda o‘z hissiyotlarini jilovlashga va mazkur vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli bo‘linma va xodimlarga (murabbiy, tyutor), dekan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talabalar Kengashi) murojaat qilishga;
  • O‘quv jarayonida faol, e’tiborli bo‘lishga va pedagog xodimning, ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga; dars vaqtida gaplashmaslik hamda dars mashgdilotiga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan shugullanmaslikka;
  • Jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, stol va stullarga yozmaslikka qog‘oz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni auditoriyada qoldirib ketmaslikka;
  • Mashg‘ulotlar davomida ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslikka, shuningdek, shaxsiy kompyuter va boshqa kommunikatsiya vositalaridan faqat pedagog xodim ruxsati bilan foydalanishga;
  •  Pedagog xodimga mashg‘ulotlar vaqtida savol yoki iltimos bilan qo‘l ko‘targan holda va ruxsat berilganidan so‘ng murojaat qilishga;
  •  Umumiy ovqatlanish joylarida taomlarga buyurtma berish va olishda navbat tartibiga hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishga;
  •  Talabalar turarjoyi Ichki tartib qoidasiga qat’iy rioya qilishga;
  •  Jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida oliy ta’lim muassasasiga jamoat transportida kelishga;
  1. xodimlar:
  •  O‘z xizmat joyidagi tartib-intizomga va filial ichki tartib qoidalariga rioya qilishga; ta’tildan oldin yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda o‘z xizmat jovini talabga javob beradigan holatda qoldirishga, o‘z zimmasidagi orgtexnika vositalari va boshqa materiallarni, o‘ziga topshirilgan, lekin hali yakunlanmagan vazifalarni boshqa shaxsga topshirmaslikka;
  •  Telefon orqali muloqot qilishda muomala madaniyati va axborot taqdim etish qoidasiga rioya qilishga (jumladan, suhbatni eng avval rasmiy tarzda salomlashishdan boshlab, so‘ng o‘z xizmat muassasasi, lavozimi hamda familiyasi, ismi, sharifini aytib, maqsadga o‘tish lozim, taqdim etilayotgan axborot maksimal qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lishi kerak, so‘ralayotgan ma’lumot suhbat jarayonida izlanishi tufayli telefon tarmog‘ini band qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, zarurat bo‘lsa, qayta qo‘ng‘iroqni amalga oshirish mumkin);
  •  Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga;
  •  Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ulami ichkilikbozlik va giyohvandlik iIlatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan ekstremistik ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borishga; ta’lim oluvchilami ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda va ma’rifiy ishlarning samarali shakl hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashishga;
  •  O‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga shubha tug‘diradigan xatti-harakatlarni qilmaslikka, talabalar bilan o‘z hamkasblarini kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilmaslikka; dars mashg‘ulotlariga kechikib kelgan yoki boshqa sabablarga ko’ra talabalarni o‘quv mashg‘ulotlaridan chiqarib yubormaslikka, shuningdek, talabaga oliy ta’lim muassasasi talabalar safidan chetlashtirish (kursdan kursga qoldirish) yoki talabaning majburan o‘qishdan voz kechishiga undash bilan qo‘rqitmaslikka, uning asossiz talabalar safidan chetlashtirilishiga (kursdan-kursga qoldirilishiga) olib kelmaslikka;
  •  Ta’lim oluvchilarga nisbatan tazyiq o‘tkazish, tegajog‘liq va zo‘ravonlik qilish kabi sha’n va qadr-qimmatini kamsitadigan nojo’ya-xatti harakatlarni sodir etmaslikka;
  •  Talabaga nisbatan adovatga bormaslikka;
  •  Akademik guruhda (kursda) talabalar xulqining umumiy madaniy holati haqida fakultet dekanlariga kerak bo‘lgan hollarda ta’sir choralari ko‘rish lozimligi yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish kabi talablami bajaradilar.

                                                           8- bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
28- modda. Xodim va talabalarni rag‘batlantirish

O‘quv yili davomida mazkur Kodeksga to‘la rioya qilgan, TTA Termiz filialida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan xodim va talabalar rahbarivat, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bo‘linma rahbarlari tavsiyasiga binoan belgilangan tartibda moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirish ishlari mumkin.
29- modda. Kodeksga rioya qilishning attestatsiya va boshqa jarayonlar uchun ahamiyati
     Xodimlar tomonidan mazkur kodeksga rioya etilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash (karyeraviy o‘sish) uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
30- modda. Kodeks qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
      Oliy ta’lim muassasasi xodim, talaba va doktoranti tomonidan mazkur Kodeks qoidalarining buzilishi uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
31- modda. Kodeks va ichki tartib-qoidalarning o‘zaro munosabati
Xodim, talaba va doktorantlar mazkur Kodeks qoidalarini buzganida, ularga nisbatan filial Ichki tartib qoidalarining VII bobida (Mehnat va o’qish intizomini buzganlik uchun javobgarlik) qayd etilgan choralar qo‘llaniladi.
                                                    9- bob. Odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish
32- modda. Odob-axloq komissiyasi
Mazkur Kodeks normalarining xodim, talaba va doktorantlar tomonidan buzilishiga oid masalalar, qoida tariqasida, Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Shuningdek, Odob-axloq komissiyasi, qoida tariqasida, oliy ta’lim muassasasi rektorining ko’rsatmasi bo‘yicha;

  •    Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra;
  •    O‘z tashabbusi bilan;
    TTA Termiz filiali xodim, talaba va doktorantlaridan, shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga aloqa kanallari orqali kelib tushgan axborot asosida ham ushbu turdagi masalalarni ko‘rib chiqishi mumkin. Odob-axloq komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odob-axloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar filial muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
    33- modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi
    Odob-axloq kodeksining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda filial muassasasi rektoriga ko‘rib chiqishi uchun qoidabuzar xodim, talaba va doktorantni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritiladi. Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xususiyatini hisobga olgan holda Odob-axloq komissiyasi xodim, talaba va doktorantga nisbatan Odob-axloq kodeksining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin. Odob-axloq kodeksiga rioya etmagan xodim, talaba va doktorantni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha buyruq loyihasi fakultet dekanlari va magistratura bodimi (talabalarga nisbatan), kadrlar bo‘limi (xodimlar va doktorantlarga nisbatan) tomonidan tayyorlanadi. Xodim, talaba va doktorantlar o‘zlari yod qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o’zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 
    34- modda. Jamoatchilik nazorati
    Xodim, talaba yoki doktorantning -xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur Kodeksga rioya etmaganlik holatlari Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida ham muhokama qilinishi amaliyoti joriy etilishi mumkin.
                                                                                   10- bob. Yakuniy qoida
    35- modda. Kodeksning kuchga kirishi hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
    Mazkur kodeks oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi va unga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
    Izoh:
    “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning:
    46-moddasida ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi pedagog xodimning majburiyatlaridan biri ekanligi;
    48-moddasida ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joy lari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etish ta’lim oluvchilarning majburiyatlaridan biri ekanligi nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining:
    22-moddasida ichki mehnat tartibiga rioya etish xodimning majburiyatlaridan biri ekanligi;
    296-moddasida mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalar ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanishi nazarda tutilgan.