Tadbirda TTA Termiz filiali profilaktika inspektori M.O.Qamariddinov, filial psixologi G.Goziyeva, Davolash fakulteti dekan orinbosarlari F.N.Xaitov va A.G`oziyeva, Qalqon guruhi koodrinatori O.Bashirovlar hamda filial talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni giyohvandlik balosidan ogoh etish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari bu borada samarali yo‘llar va profilaktik choralarga e’tibor qaratib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhimligi, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish haqida fikr almashdi.