You are currently viewing “Yoshlar terrorizmga qarshi”

“Yoshlar terrorizmga qarshi”

Joriy yilning 16-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi  Termiz filialida Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati tashkil qilindi.

 

Unda Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurash xizmati bosh mutaxassisi A.Karimov, Viloyat terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi katta mutaxassisi I.Suyunov, Viloyat din ishlari boʻyicha masʼul xodimi F.Abdumannotov tomonidan ma’ruza o‘qildi.

Mazkur uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan islom dinining faqat yaxshilikka undovchi mohiyati, din niqobi ostida turli ixtiloflarning asl sabablari koʻrib oʻtildi. Shuningdek, kelgusida yoshlar orasida terrorizm, ekstremizm va radikalizm kabi yot gʻoyalarga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yakunida talabalar mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.