Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari ichki turizmni rivojlantirish hamda qishgi ta’tilni maroqli o‘tkazish maqsadida Toshkent va Xiva shaharlari bo‘ylab sayohatga chiqishdi
Sayohat ishtirokchilari Toshkent va Xiva shaharlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, xususan, xalqimizning ko‘p asrlik tarixini o‘zida aks ettiruvchi muqaddas qadamjolar va boshqa diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
Tashkil etilgan sayohatlar nafaqat ichki turizmni rivojlantirishga, balki talabalarning ta’til davrini maroqli va mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.