«Yoshlar kuni» munosabati bilan TDTU Termiz filialida muhim va mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrif buyurib, yoshlar bilan yaqindan muloqot qildi.
Tashrif davomida hokim avvalo talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion startap g‘oyalar bilan tanishdi. Yoshlarning tashabbuskorligi, zamonaviy fikrlashi va kelajakka bo‘lgan ishonchi yuksak baholanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng filialning axborot-resurs markaziga tashrif buyurildi. Tadbirning asosiy qismi filial majlislar zalida davom etdi. Bu yerda iqtidorli va faol talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlarning fikr va takliflari tinglandi.
Uchrashuv samimiy va motivatsiyaga boy ruhda o‘tdi. U yoshlarning qalbida katta ilhom uyg‘otib, ularni yangi yutuqlar sari undaydigan unutilmas lahzalardan biriga aylandi.