Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining talabari hozirda sog‘liqni saqlash muassasalarida yozgi amaliyotni o‘tamoqda. Bu amaliyot davomida:
Kasbiy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda
Klinik muhit bilan bevosita tanishuv amalga oshmoqda
Ustoz shifokorlar bilan birga ishlash tajribasi orttirilmoqda
Bemorlar bilan muloqot qilish madaniyati shakllanmoqda
Talabalarimiz respublikamizning turli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritib, o‘z bilimlarini real sharoitda sinovdan o‘tkazishmoqda.