Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari hozirda respublikamizning turli tibbiyot muassasalarida amaliyot mashg‘ulotlarini olib borishmoqda!
Bu dastlabki amaliy tajriba ularning nazariy bilimlarini real hayotda qo‘llash, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar tajribali shifokorlar va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda ishlamoqda.