You are currently viewing Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!

yashil makon

2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq joriy yilning 13–14-mart kunlari butun respublika hududida o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan TDTU Termiz filialida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Hashar davomida filial hududi va uning atrof-muhitini obodonlashtirish, hududni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.