Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 4-dekabr kuni “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusi ostida, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik aksiya” doirasidagi navbatdagi “Xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi himoya” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Surxondaryo bo’limi boshligi R.Bo’riyeva hamda uning jamoasi, filial profilaktika inspektori M.Qamariddinov hamda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talaba-qizlar bilan savol-javoblar tashkil etilib, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zoʻravonlikka qarshi kurashish, qizlarni zoʻravonlikka uchrab qolishni oldini olish yuzasidan ochiq suhbat olib borildi hamda talabalarni talab va takliflari eshitildi.
Shuningdek, zo’ravonlikka barham berishda davlatimiz tomonidan ko’pgina ishlar amalga oshirilayotgani, uni oldini olishda talabalar tomonidan ham taklif va mulohazalar bildirildi.