Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari yana bir bor o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi! Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan hududiy munozara bahslarida “Dofamin” jamoasi shiddatli bellashuvlar orqali faxrli 2-o‘rinni egallab, faxrli o’ringa erishdi.
Bu natija — shunchaki sovrin emas. Bu — keng fikrlash, kuchli notiqlik, teran tahlil va haqiqiy jamoaviy birdamlikning yorqin isboti. Har bir bahsda o‘z pozitsiyasini ishonch bilan himoya qilgan jamoa finalgacha yetib borib, bilimlar maydonida munosib iz qoldirdi.
“Dofamin” jamoasi — bu faqat ishtirokchi emas, bu kelajak tibbiyotining intellektual kuchi!
Oldinda esa yanada yirik g‘alabalar, yangi marralar va katta sahnalar kutmoqda.