O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2027-yil qabuli uchun:
Hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
Ma’lumot va hujjatlarni elektron tarzda topshirish uchun:
www.daraja.ilmiy.uz
Talab etiladigan hujjatlar:
1. Muassasa rahbari — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori nomiga yozilgan ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbek va rus tillarida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari:
PhD uchun — kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis;
doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;
6. ID-karta yoki pasport nusxasi;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi (mavjud bo‘lsa);
8. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat — B1 va undan yuqori daraja.
Kirish imtihonlari
14.00._00_ ixtisosligi bo‘yicha — ilmiy-tadqiqot ishining taqdimoti asosida o‘tkaziladi.
Tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan TALABLAR
1. Umumiy talablar
— taqdimot davlat tilida tayyorlanadi; institut faoliyat yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib rus yoki ingliz tilida tayyorlanishiga ham yo‘l qo‘yiladi;
— taqdimotning mazmuni aniq, qisqa va mantiqiy izchillikda bayon etiladi, qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim;
— taqdimotda keltiriladigan barcha ma‘lumotlar ishonchli ilmiy, statistik, tahliliy yoki boshqa tegishli manbalarga asoslanadi;
— taqdimot loyihasi talabgor tomonidan hujjat topshirish jarayonida Yagona elektron tizimga elektron shaklda yuklanadi.
2. Tayanch doktorantura (PhD) taqdimotining tarkibiy bo‘limlari
— Tadqiqot mavzusi va talabgor to‘g‘risidagi asosiy ma‘lumotlar;
— Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va o‘rganilganlik darajasi;
— Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
— Tadqiqot obyekti, predmeti va qamrovi;
— Tadqiqot metodologiyasi va usullari;
— Tadqiqot g‘oyasi va kutilayotgan ilmiy ahamiyati;
— Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari va ish rejasi;
— Tadqiqotni amalga oshirish imkoniyati va yakuniy asoslash.
KVOTA TAQSIMOTI
Hurmat bilan,
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.F.Danayev