Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida boshlangan ezgulik chellenji davom etmoqda.
Mazkur ezgu tashabbusga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham munosib hissa qo‘shib, mehr va saxovat, insonparvarlik va hamjihatlik g‘oyalarini amaliy ishlar bilan namoyon etmoqda.
Zero, yaxshilik — ulashgan sari ko‘payadigan eng ulug‘ qadriyatdir.
Bir insonning ko‘ngliga quvonch ulashish, ehtiyojmandga ko‘mak berish, mehr va e’tibor ko‘rsatish — jamiyatimizda o‘zaro hurmat va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.
Ezgulikda barchamiz birlashaylik!
Mehr ulashaylik, yaxshilikni ko‘paytiraylik!