Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan viloyatimizda ezgulik, mehr-oqibat va insonparvarlikni targ‘ib etishga qaratilgan xayrli chellenji davom etmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Jamoamiz tomonidan oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish hamda bayramona kayfiyat ulashishga qaratilgan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Zero, xalqimizning birdamligi, o‘zaro mehr-oqibati va ezgu amallari jamiyatimiz taraqqiyoti uchun mustahkam poydevordir.
Ezgulik — qalblarni birlashtiradi, mehr — insonni yuksaltiradi!