TDTU Termiz filialida talabalar uchun yana bir qulay imkoniyat!
Talabaning xotirjam o‘qishi, avvalo, uning yashash sharoitiga ham bog‘liq. Shu bois TDTU Termiz filialida talabalarni turar joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyat olib bormoqda.
Filialda faoliyat yuritayotgan ushbu markazda talabalar va ularning ota-onalaridan turar joy masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi.
Mas’ullar, tyutorlar va volontyorlar tomonidan talabalarga munosib va qulay yashash joyini topishda tezkor amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Maqsadimiz — har bir talaba o‘zini filial jamoasining bir bo‘lagi sifatida his qilishi, yashash tashvishlaridan xoli holda bilim olishi va kelajagi sari dadil qadam tashlashiga ko‘maklashishdir.
Murojaat qiling — siz uchun qulay turar joy topishga birgalikda harakat qilamiz!