Orzu qilgan oliy ta’lim sari navbatdagi muhim bosqich boshlandi!
2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun kirish suhbati sanalari e’lon qilindi.
Suhbat kunlari:
10–11–12-avgust, 2026-yil
Boshlanish vaqti: 08:00
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavriatga suhbat asosida kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar belgilangan sanalarda suhbatda ishtirok etishlari lozim.
Manzil TDTU Termiz filiali
Islom Karimov ko’chasi
Batafsil: imtixon savollari
Suhbatga belgilangan vaqtdan oldin yetib boring.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va talab etilgan boshqa hujjatlarni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang.
Barchangizga suhbat jarayonida muvaffaqiyat, ishonch va yuqori natijalar tilaymiz!