You are currently viewing 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining

2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Hujjatlarni qabul qilish

Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.

Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali.

Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.

Kirish test sinovlari

Sana: 2026-yil 25–30-avgust.

Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.

Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.