TDTU Termiz filialida “Call-markaz” va “Maslahat markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Call-markaz” va “Maslahat markazi” tashkil etildi.
Mazkur markazlar 2026-yil 5-iyun sanasidan boshlab o‘z faoliyatini boshladi.
Qabul jarayoni, hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish va boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislardan tezkor va batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
“Call-markaz” telefon raqamlari:
+998 91 586 02 04
+998 93 790 70 73
+998 97 766 00 59
+998 90 295 99 92
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida amaliy yordam olish uchun “Maslahat markazi”ga murojaat qilishingiz mumkin.
Ish vaqti: Dushanba – Shanba: 09:00 – 18:00
Yakshanba – dam olish kuni.
Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang!
Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!