Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari siyosiy-huquqiy bilimlarini, amaliy koʻnikmalarini boyitish va mustahkamlash maqsadida Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda «Konstitutsiya mening huquqlarim qalqoni» shiori ostida
targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbir mehmonlarining konstitutsion o’zgarishlarning ahamiyati, insonning huquq erkinliklari kafolati haqidagi fikrlari tinglandi. Yangilanayotgan qomusiy hujjatimizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, vatanga sadoqat, yurt kelajagiga daxldorlik masalalari va yoshlar uchun imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, tahlil qilindi.