You are currently viewing 400 o‘rinli yangi maskan: talabalar uchun yana bir qulaylik

400 o‘rinli yangi maskan: talabalar uchun yana bir qulaylik

ochilish

Ta’lim va tarbiya uchun yaratilayotgan munosib sharoitlar — yoshlar kelajagiga qo‘yilayotgan muhim sarmoyadir.
TDTU Termiz filialida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy maskanda talabalarning yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolaev, filial direktori Otamurodov Furqat Abdukarimovich, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov, faxriylar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tantana tadbirida yangi maskanning ahamiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi.
Mahmud Nomozovning dilrabo ijrosi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Yangi talabalar turar joyi — yoshlarning orzulari, ezgu niyatlari va kelajakdagi maqsadlari sari qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir.