You are currently viewing O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi

uchrashuv

Bugun xalqaro anjumanlar qatnashchilari ishtirokida Farg‘ona shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shuningdek, Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov, Altay o‘lkasi gubernatori Viktor Tomenko boshchiligidagi delegatsiyalar, O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa hududlari rahbar va mas’ullari, vazirlik va idoralar, tarmoq tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari hamda ishbilarmon doiralar vakillari bilan bir qatorda TDTU Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich ham ishtirok etmoqda.