Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining 1-son Davolash ishi fakulteti 108-guruh talabalari Termiz xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida markaz hududida faoliyat yuritayotgan AKFA MEDLINE klinikasi bilan yaqindan tanishilib, tibbiyot sohasida o‘zining professional faoliyati bilan tanilgan shifokor Dilmurod Soatovich Ergashev (Doctor D) bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarga zamonaviy tibbiyot, shifokorlik kasbining mas’uliyati, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kasbiy rivojlanish borasida qimmatli tushunchalar berildi.
Bunday uchrashuvlar bo‘lajak shifokorlarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va professional dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, yetuk shifokor — bilim, tajriba va mas’uliyat uyg‘unligida kamol topadi!