You are currently viewing TTA Termiz filialiga  o‘quvchi – yoshlar tashrifi

TTA Termiz filialiga o‘quvchi – yoshlar tashrifi

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Termiz shahar 3-son hamda Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

   Tashrif davomida filialning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi” S.Begmatov o‘quvchi – yoshlarni o’quv xonalari, dars jarayonlari, laboratoriya jihozlari bilan tanishtirdi. Bu borada o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

   Shundan so’ng, filialning “Klinik anatomiya” kafedra mudiri professor D.Xojiyev o’quvchilarga amaliy mashg’ulot sifatida tibbiyotda qo’llaniladigan asbob uskunalarni ishlatish va qo’llash bo’yicha bir qancha ko’rsatmalar berib o‘tdi.

   Bu tashrif tibbiyot sohasiga qiziqadigan o‘quvchilar uchun kelajakda kasb tanlashlarida bir turtki bo‘ldi.