You are currently viewing AFG‘ONISTON SAFARI: BUYUK ALLOMALAR MEROSI, TARIXIY QADAMJOLAR VA MA’NAVIY ZIYORAT

AFG‘ONISTON SAFARI: BUYUK ALLOMALAR MEROSI, TARIXIY QADAMJOLAR VA MA’NAVIY ZIYORAT

turizim

TDTU Termiz filiali professori, O‘zbekiston Qahramoni Rahmon Muhammadiyev Afg‘onistonning tarixiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Hirot shahrida bo‘lib, u yerdagi buyuk allomalar maqbaralari, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.

Ziyorat davomida professor Rahmon Muhammadiyev Hazrat Abdurahmon Jomiy, Xoja Abdulloh Ansoriy va Hazrat Alisher Navoiy maqbaralari, Gavharshodbegim — Mahdi Ulyo masjidi va maqbarasi, Hirot Jome masjidi hamda Ixtiyoriddin qal’asida bo‘ldi.

Buyuk ajdodlar xotirasini e’zozlash — tarixga hurmat, ularning ma’naviy merosini asrash esa kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchdir.

Professor Rahmon Muhammadiyevning ushbu ziyorati tarixiy xotirani qadrlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.