Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini o‘rganishga qaratilgan monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi bosh mutaxassisi, Administratsiya ishchi guruhi a’zosi Ahmadxon Muhammadsaidovich Mahmudov tomonidan filialda Farmon doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tegishli hujjatlar hamda belgilangan vazifalarning ijro holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlil qilinib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Kelgusida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, ishlar sifatini oshirish hamda natijadorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.