You are currently viewing TTATFda «Ochiq eshiklar kuni»

TTATFda «Ochiq eshiklar kuni»

   O‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan.

   Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlari lozim.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga «Ochiq eshiklar kuni» doirasi munosabati bilan Termiz shahar 20-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

    Tashrif davomida o‘quvchi – yoshlar uchun filialning o’quv xonalari, dars jarayonlari, laboratoriya jihozlari, sport zallari, kutubxona hamda to‘garaklar faoliyati bilan yaqinroq tanishish maqsadida filial bo‘ylab kichik sayohat tashkil etildi.