Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar o’z navbatida, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismonan baquvvat va manan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialda “Direktor kubogi” uchun o’g’il bolalar o’rtasida futbol musobaqasiga start berildi.