25-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbariyati Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi maktablarda boʻlib, soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlarida ishtirok etishdi.
Shuningdek, TTATF o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yo. Gulyamov tumandagi 13-maktabga tashrif buyurib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi sinf o’quvchilariga yo’llangan tabrigini tantanali o’qib eshittirdi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan taʼlim sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangi, zamonaviy prezident maktablarining ochilishi, koʻplab yangi maktablar qurilishi va taʼmirlanishi hamda maktab taʼlimiga eng ustuvor masala sifatida eʼtibor qaratilayotganligi bitiruvchilar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.