Klinik o‘quv bazalar bo‘limi bosh mutaxassisi Ergasheva Gulshan, 2-son davolash fakulteti dekan o‘rinbosari Erdanayev Ro‘ziboy, Pediatriya fakulteti dekan o‘rinbosari Amanova Dilshoda hamda tyutor Otamuradov Farxod tomonidan Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va Oilaviy shifokorlikda pediatriya, Akusherlik va ginekologiya va Oilaviy shifokorlikda ginekologiya va Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi kafedralaridagi amaliy darslar jarayonlari o‘rganildi.
Tekshiruv jarayonida, ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni hamda davomati hamda kafedra mudiri ishtirokida me’yoriy hujjatlar holati o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tushuntirish berildi.