You are currently viewing Sug’urta ishonch garovi

Sug’urta ishonch garovi

«O’zbekinvest» sug’urta kompaniyasi vakillari TTATF talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.

O’tkazilgan uchrashuvda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Surxondaryo viloyati filiali xodimlari Mamayusupov Eldor, Ibodullayev Sardor va Xayitqulova Mohigulllar ishtirok etishdi.

Sug’urta madaniyatini oshirish maqsadida o’tkazilgan uchrashuvda so’z olganlar sug’urta ishonch garovi ekanligi, sug‘urtalash qamrovini kengaytirish va mol-mulkni turli xatarlardan himoyalash kerakligi borasida fikr bildirishdi.

Tadbir so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.