Ayni kunlarda, Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universitetida “INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICAL PLANTS AND NATURAL DRUG RESEARCH” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu ilmiy – amaliy konferensiyada dunyoning nufuzli oliygohlaridan soha mutaxassislari bilan bir qatorda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etishmoqda.