Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi mudiri Iskandarova Dilnozaxon Ergashevna va assistent Toxirov Jonibek Jo’rayevich Jarqo’rg’on tumanida amaliyot o’tayotgan talabalar bilan suhbat o‘tkazishdi.
Tumanning amaliyot rahbari D. Iskandarova talabalarning amaliyot o’tash joylari va sharoitlari bilan tanishdi.
Bu borada ish beruvchi tibbiy muassasalar fikri o’rganildi. Talabalarga tegishli tavsiyalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, TTA Termiz filiali talabalarining yozgi malakaviy amaliyoti joriy yilning 10-avgustiga qadar davom etadi.