TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga xususiy tashabbuskor “TERMIZ-BOYSUN QURILISH” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hududida (0,3 gektar) 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 25-avgust 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz
Telefon raqami: +998 90-246-45-35
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi 62A-uy,
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hududi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalari vazirligi
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195)
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.