You are currently viewing Texnikum bitiruvchilar

Texnikum bitiruvchilar

Bugun TTA Termiz filialida Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi 17-son qaroriga muvofiq texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2024/2025-o‘quv yili uchun filialning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

Mazkur suhbat jarayonida TTA Termiz filiali direktori F. Otamuradov hamda filial prfessor-o‘qituvchilaridan tuzilgan suhbat komissiyasi tomonidan talabalikka nomzodlarning bilimlari sinovdan oʻtkazilmoqda.

Imtihon korrupsiyadan holi, shaffof va adolatli olib borilishini taʼminlash maqsadida online translyatsiya qilib borilmoqda.

Suhbat jarayonini online translyatsiya orqali texnikum bitiruvchilarining ota-onalari hamda yaqinlari kuzatib borishdi.