You are currently viewing TTA Termiz filiali talabalari xalqaro olimpiada g‘oliblari

TTA Termiz filiali talabalari xalqaro olimpiada g‘oliblari

1

Joriy yilning 28-29-aprel kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida institutning 70 yilligiga bag‘ishlangan Anatomiya va Gistologiya bo‘yicha II Xalqaro olimpiada, “Morfologiya bayrami” b‘lib o‘tdi.

Unda TTA Termiz filialining 8 nafar talabalaridan tarkib topgan jamoa ham qatnashishdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra:

Gistologiya fanidan : Choriev Firdavs va Abdukarimov Yahyo 1- o‘rin

Anatomiyadan: Jabborov Sardorbek va G‘iyosiddinov Ismoilbek 1- o‘rin

“Vyazanie uzlov” musobaqasi bo‘yicha Ishkarayev Shohrux, Abdurafiqova Sabohat 1- o‘rin

Quvonarlisi, filial talabalaridan tarkib topgan “Maxaon-25” jamoasi favqulodda vaziyatlarda bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini namoiyish etib, bellashuvdagi 10 ta jamoa orasida 1- o‘rinni egallashdi.