You are currently viewing TTA Termiz filiali talaba qizlari “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” forumida ishtirok etishdi.

TTA Termiz filiali talaba qizlari “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” forumida ishtirok etishdi.

Xotin qizlar

Kuni kecha Toshkent shahrida “Kelajak: ilmli qizlar” ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan iqtidorli xotin-qizlar ishtirokida “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” nomli noan’anaviy va kreativ forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 100 nafarga yaqin faol, tashabbuskor va ilmga chanqoq yosh xotin-qizlar qatorida TTA Termiz filialininng talaba-qizlari Ergasheva Ulbeka, Ozodova Nilufarlar ham faol ishtirok etishdi.
 Forum natijalari ham tahsinga loyiq: 2 nafar tinglovchi AQSH va Buyuk Britaniyaning Top-300 talik oliy ta’lim muassasalari uchun grant yutdi;
2 nafar tinglovchi sentabr oyidan boshlab Yevropada NSP granti orqali birinchi semestrni boshlaydi;
37 nafar tinglovchi esa nufuzli nomdor stipendiyalar uchun hujjat topshirdi.
Bu kabi forumlar yoshlarning salohiyatini ochish, ularni ilm-fan sari qiziqishni ortirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.